Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati T.Nazarov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova tomonidan Olmazor tumani Gulzor MFY hududida faoliyat yuritayotgan boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-son “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini tumanda o`rganish masalasi muhokama qilindi

🔎 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarga asosan olib borilib, boshqaruv kompaniyasining ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, ko‘p qavatli uylarning:
▫️ Kuz qish mavsumiga tayyorligi;
▫️ ichki yo‘laklari va kirish qismlari (pod’yezdlari);
▫️ uylarning atrofidagi hududlar;
▫️ tozalik va obodonlashtirish holati;
▫️ yoritish tizimlarining sozligi ko‘zdan kechirildi.

🏘 O‘rganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilash, yoritish tizimlarini ta’minlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4