Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi A.Agzamxo‘jayev boshchiligidagi ishchi guruh Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan yaqindan tanishmoqda.
Tashrif doirasida Oqoltin tumanida bir qator obyektlarda o‘rganishlar hamda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.