Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
111-MAKTABDA SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

111-MAKTABDA SPORT ZALI VA SPORT JIHOZLARI HOLATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilshod Tashpo‘latovga Kengash Kotibiyati tomonidan biriktirilgan Kotibiyat bosh mutaxassisi B. Xoliqjonova hamda “Achaobod” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi X.Turg‘unov ishtirokida hududda joylashgan 111-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔎 O‘rganish Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida tashkil etilib, maktab sport zalining mavjud holati, sport anjomlari bilan ta’minlanganlik darajasi, jihozlarning saqlanishi va ulardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

⚽️ Mazkur o‘rganishdan maqsad — o‘quvchilar uchun jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarini tashkil etishga yaratilgan shart-sharoitlarni baholash, sport infratuzilmasining holatini o‘rganish hamda mavjud masalalarni aniqlashdan iborat.

📌 O‘quvchi-yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim muassasalarida sport infratuzilmasini rivojlantirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 7