Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Biriktirilgan_tashkilot
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#doimiy_komissiya

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: DXM va FHDYO bo‘limlari faoliyati hamda uy-joy huquqlarini rasmiylashtirish masalalari o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash, fuqarolarning uy-joy va ko‘chmas mulkka bo‘lgan qonuniy huquqlarini e’tirof etish hamda idoralar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati O.Jumayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida bo‘lib, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jarayonini ko‘zdan kechirdi.

✅Monitoring davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etilishi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda elektron xizmatlardan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolarning o‘z uy-joylariga nisbatan egalik huquqini e’tirof etish bilan bog‘liq masalalari tinglanib, ularga huquqiy ko‘mak ko‘rsatildi.

✅O‘rganish natijalari bo‘yicha idoralar faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga qulayliklar yaratish va murojaatlar bilan ishlash intizomini mustahkamlash yuzasidan mutasaddi xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1