Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #deputat_faoliyati #kotibiyat_mudiri_faoliyati #KQ_35_ijrosi #24_ta_tavsiya #nazorat_tahlil

Gilambob mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Gilambob saylov okrugida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputati B.Ochildiyev tomonidan “Gilambob” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, ishsiz fuqarolar bilan manzilli ishlash, shuningdek, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillarini aniqlash va ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlaridan foydalanish, fuqarolarning murojaatlari asosida mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosi hamda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya” asosida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalardan kelib chiqib, deputatning mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududdagi muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganishi, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratishi, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar shakllantirishi hamda ularning ijrosini nazorat qilib borishi muhim yo‘nalish sifatida belgilangan.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Mazkur masalalarning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2