Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
Ijtimoiy reyestrdagi xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Kamalak ko‘chasi 41-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Erkabayeva xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro nevaralariga vasiy etib tayinlangan bo‘lib, oilaga 6 oy davomida moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilib, undan oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun foydalanilgan.

Oila daromadlarini yaxshilash va bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar natijasida fuqaroning o‘g‘illari ishga joylashtirilgan.

O‘rganish davomida xonadonga ko‘rsatilgan ijtimoiy ko‘maklar holati ko‘zdan kechirilib, oilaning mavjud ehtiyojlari ham e’tiborga olindi. Deputat tomonidan xonadon holati nazoratga olinib, oilani qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom ettirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3