Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlarining vakolatlari va ijro intizomini ta’minlash, shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish borasidagi topshiriqlar ijrosi yuzasidan navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📌 O‘rganish maqsadi va vazifalari

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — “Xidirsho” mahalla fuqarolar yig‘inidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda “Mahalla yettiligi” tizimidagi o‘zaro hamkorlik darajasini maxsus savolnoma asosida har tomonlama o‘rganishdan iborat.

O‘rganishlar davomida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash va oilaviy ajrimlarning oldini olish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar hujjatlar va amaliy jarayonlar kesimida tahlil qilindi.

🏛 O‘rganish ishlarida ishtirok etgan mas’ullar

✅ Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov hamda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 19-“Xidirsho” saylov okrugidan saylangan deputati Qurbaniyazov Yusup Xolmuminovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi I.Roziqovlar tomonidan “Xidirsho” mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

📋 Amalga oshirilgan ishlar va natijalar

Tadbir davomida soha bo‘yicha yuritilayotgan hisobotlar, “Xotin-qizlar daftari” bilan ishlash tartibi va mahalla xotin-qizlarining murojaatlarini hal etish mexanizmlari sinchiklab ko‘zdan kechirildi. Maxsus savolnomaga asosan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi. Deputatlar tomonidan sohadagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha doimiy va tizimli nazorat o‘rnatilishi belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3