Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
19-SONLI MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
19-SONLI MAKTABDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
INSON QADRI VA IJTIMOIY HIMOYA — DOIMIY E’TIBORDA
янв.21
ISTIROHAT BOG‘I — AHOLI DAM OLISHI UCHUN QULAY MASKAN
янв.21
SOLIQ XIZMATLARI SIFATI VA TADBIRKORLAR UCHUN QULAYLIK — E’TIBORDA
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIOBOD TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
BOLALAR UCHUN SIFATLI TA’LIM VA QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA
янв.21
Deputat so‘rovi amalda: Bog‘cha yoshidagi bolalar xavfsizligi ta’minlandi
JASORAT MAKTABI — YOSHLAR QALBIDA VATANGA SADOQATNI MUSTAHKAMLAYDI

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismoniy va ma’naviy salohiyatini oshirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Bu borada ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan “Jasorat maktablari” yoshlarni har tomonlama kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov Sarmich mahallasidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkil etilgan “Jasorat maktabi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida “Jasorat maktabi”da o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning tashkil etilishi, ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish, harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat, jasorat, qat’iyat, intizom va mas’uliyat ruhida tarbiyalash, ularda jamoada ishlash, turli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Deputat tomonidan o‘quvchi-yoshlarning ushbu mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

“Jasorat maktabi” — yoshlarni nafaqat jismonan chiniqtirish, balki ularning qalbida Vatanga muhabbat, el-yurtga daxldorlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishga xizmat qiladigan muhim tarbiya maskanidir.

Slide 1 of 4