Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sarmich MFYda mahalla yettiligi va saylovchilar bilan uchrashdi.
янв.21
Do‘stlik mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Sovot QFYda saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o'n beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida Doimiy komissiyalarning qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangiobod tumanida zamonaviy sun’iy qoplamali stadion foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangiobod tumanida Madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI.

CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYALARNING QO‘SHMA MAJLISI.

 Joriy yilning 16-yanvar kuni Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. 

Qo‘shma majlisda ishtirok etayotgan doimiy komissiya a’zolari tomonidan majlisga raislik qilish uchun Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abduvaxob Turdiboyev saylab olindi.  

Qo‘shma majlis kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi. 

1) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyuldagi “2024-2025 yillarda Toshkent viloyatining Chinoz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 435/25-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida; 

2) Chinoz tumani maʼmuriy-hududiy chegarasini belgilash boʻyicha amalga oshirilgan ishlarining yakuniy natijalarini
tasdiqlash toʻgʻrisida;
 

3) Chinoz tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;
 

4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining Chinoz tumanidagi
sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yil yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holati haqidagi axboroti to‘g‘risida;
 

5) Chinoz tumani prokurorining 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti haqida; 

6) Chinoz tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida,
shuningdek jamoat xavfsizligi to‘g‘risida 2024-yil yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
 

7) Chinoz tumanida yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini
rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish choralarini ko‘rishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi boshlig‘ining hisoboti haqida;
 

8) Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi, doimiy komissiyalari hamda Kengash kotibiyatining 2025-yilga mo‘ljallangan ish
rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash to‘g‘risidagi va boshqa masalalar muhokama qilindi.
 

Majlis kun tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar S.Axmedova, A.Baxramov, M.Mirsodiqov, D.Teshabayev, E.Saidov,
X.Xafizov, O.Dadajonovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
 

Qo‘shma majlis yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli hujjat qabul qilindi.  

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Elyorjon Saidov

Slide 1 of 10