Mang‘itobod mahallasida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Unda xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman deputati N.Dusmurodov tomonidan mahalla aholisi bilan yuzma-yuz uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar, taklif va tashabbuslarni tingladi.
Uchrashuv davomida yo‘llar holati, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik masalalari hamda yoshlar uchun imkoniyatlarni kengaytirish kabi dolzarb mavzular muhokama qilindi. Har bir murojaat e’tibor bilan qayd etilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha choralar belgilandi.
Bunday uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda islohotlarning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.