Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari K.Xoldorova, D.Jo‘rayeva hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayevlar Xotinqumi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan koʻp qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari hamda atrofidagi maydonlarning tozaligi va yoritilishi holatini o‘rgandilar.
O‘rganishlar davomida podyezdlar va yerto‘lalarning umumiy ta’mir holati, texnik jihozlar va xavfsizlik choralari tekshirildi. Shuningdek, binolar atrofi va yo‘laklarida chiqindilarni yig‘ish, maydonlarning muntazam tozalanishi va tungi yoritish tizimining ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi uchun xavfsiz va qulay yashash muhitini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.