Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Qoraboyeva hamda tuman Kengashi deputati U.Mirzaumarovlar tomonidan Axshakguzar mahallasini aholining munosib yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunali hududga aylantirishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganishlar jarayonida mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati, ularning daromad manbalarini kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari bilan yaqindan tanishildi. Jumladan, D.Kenjayev xonadonida chorvachilik faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ayni paytda 9 bosh qoramol parvarishlanmoqda.
Shuningdek, M.Boltaboyev tomonidan darvoza, panjara va oynalar uchun temir konstruksiyalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani, bu orqali nafaqat o‘zining, balki qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish orqali boshqa fuqarolarning ham bandligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgani qayd etildi.