Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat saylov okrugida o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi
янв.21
Yangiobodda yangi bog‘ barpo etilmoqda!
янв.21
Hududlarda amaliy ishlar — e’tibor markazida
янв.21
Xalq deputatlari Yangiobod tumani Kengashining yettinchi chaqiriq o'n sakkizinchi sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish holati o'rganildi.
янв.21
Qo‘shqand mahallasi xonadonlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda ko‘chat ekish jarayoni
янв.21
AHOLIGA BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT SIFATI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Ta’mirtalab ichki yo‘l shag‘allashtirildi
янв.21
BIRLAMCHI TIBBIY XIZMATLAR SIFATI DEPUTAT NAZORATIDA
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILMOQDA.

Toshloq tumani Kengashi deputati R.Matqulov tomonidan 19-Xonariq saylov okrugida olib borilgan o‘rganishlar davomida 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zalining ta’mirtalabligi hamda sport anjomlarining eskirgani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligiga deputat so‘rovi yuborilgan.

Mazkur so‘rovga belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etilib, unda tumandagi og‘ir toifadagi 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ijtimoiy soha obyektlarini Jahon banki grant mablag‘lari hisobidan mukammal ta’mirlash rejalashtirilganligi ma’lum qilingan. Xususan, Xonariq mahalla fuqarolar yig‘ini ham ushbu ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, hududdagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabini 2026-yil davomida to‘liq mukammal ta’mirdan chiqarish belgilangan bo‘lib, mazkur jarayonda maktabning sport infratuzilmasini yaxshilash ham inobatga olinishi qayd etilgan.

Slide 1 of 1