Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Viloyat va tuman Kengashi deputatlari o'z saylov okruglarida

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati G.Mizayeva va Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtovlar tomonidan o'z saylov okrugiga kiruvchi tumandagi Po'latchi mahallasida o‘rganish ishlari olib borilib, "Мahalla yettiligi" faoliyati va mahalladagi muammolar atroflicha tahlil etildi.

O‘rganish davomida mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, infratuzilmani rivojlantirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, bandlikni ta’minlash kabi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarning manzilli yechimlari bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilab olindi.

Uchrashuvda mahalla faollari va viloyat va tuman Kengashi deputatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish va yangi tashabbuslarni amalga joriy etish uchun muhim yo‘nalish bo‘ldi.

Slide 1 of 5