Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib
o‘tdi.
Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha
1. Ellikqal’a tumani mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan tadbirlarga mablag‘ ajratish to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i B.K.Alimovning taklifi muhokama qilindi.
2. Ellikqal’a tumanida 2026-yilda doimiy ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i B.K.Alimovning taklifi muhokama qilindi.
3. 2026-yilda Ellikqal’a tumani bo‘yicha “Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan Alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari”ni oshirish to‘g‘risida tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha
birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i B.K.Alimovning taklifi muhokama qilindi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga asosan Ellikqal’a tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i
D.A.Reyimbaevning taklifi muhokama qilindi.
Majlis yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.