Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUBORAK TUMAN KENGASHI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi raisi Ismigul Xushmurodova boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Muborak tumani Kengashining o‘tgan davrdagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

🔎 O‘rganishlar davomida:

▫️ Kengash uchun ajratilgan xonalardagi shart-sharoitlar

▫️ Xodimlar faoliyati

▫️ Deputatlik guruhlari va doimiy komissiyalar bilan ishlash tizimi

atroflicha ko‘zdan kechirildi.

💬 Muloqotlar chog‘ida xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilishda mahalliy Kengashlarning o‘rni beqiyos ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek:

▪️ So‘nggi yillarda mahalliy Kengashlar vakolatlari kengaygani,

▪️ Ular oldida hisobdor bo‘lgan mahalliy ijro etuvchi organlar tarkibi kengaytirilgani,

▪️ Deputatlarning ijro organlari bilan samarali muloqotini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

📍 Yakunda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi manfaatlarini himoya qilish borasidagi ustuvor va dolzarb vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2