35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdan tashqari to‘qson beshinchi sessiyasi

Kun tartibidagi birinchi masala bo‘yicha shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i A.Alimovning “Sayxunobod, “Uychi”, “Zarbdor” va “G‘ijduvon” tajribalari asosida aholini biznesga jalb qilish, bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish yuzasidan alohida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda 2024-yilning ikkinchi yarim yilligida barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish borasidagi vazifalari to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi. Shundan so‘ng Samarqand suv ta’minoti MChJ Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘lim boshlig‘i A.Mamedovning “Shahar aholisini ichimlik va oqava suv bilan ta’minlash darajasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar to‘g‘risida”gi hamda shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i F.Qurbanovning “2024-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobotlari deputatlar e’tiboriga havola etildi. Sessiyada shuningdek, Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni hududiy saylov komissiyasiga tasdiqlash uchun tavsiya etish to‘g‘risida, 2024-yil 1-iyul holatiga shahar mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar to‘g‘risida, shahar hokimining 2024-yil 7-avgustdagi “Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi boshqaruv  apparatining yangilangan tashkiliy-tuzulmasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 319-7-106-Q/24- sonli qarorini tasdiqlash to‘g‘risidagi hamda Xalq deputatlari  Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi kotibiyatining ichki mehnat tartib qoidalari to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya o'z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 5