35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
MIROBOD TUMAN HOKIMLIGIDA MIGRATSIYADAGI YOSHLAR BILAN ONLAYN-MULOQOT O‘TKAZDI

Mirobod tuman hokimi va xalq deputatlari tuman Kengash deputatlari ishlash, o‘qish, davolanish va boshqa maqsadlarda xorijga ketgan 30ga yaqin mirobodlik yoshlar bilan onlayn-muloqot o‘tkazdi.

Muloqot samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Hokim yoshlar bilan muloqot avvalida bunday uchrashuvlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad migratsiyadagi yoshlarning muammo va takliflari hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni tamomlayotgan yoshlarni tumanimizda o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha ish bilan ta’minlash, umuman, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan dasturlar, tashkil qilinayotgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.

Xususan, ayni vaqtda Fransiyada tahsil olayotgan Firuzabonu Salimova chet elda O‘zbekiston madaniyatini targ‘ib qilish uchun “O‘zbekiston madaniyati kunlarini” o‘tkazish taklifini bildirgan bo‘lsa, Polshada talabalikning oltin davrini o‘tkazayotgan Ahmadjon Jo‘raqulov kelajakda Varshavada o‘zbek milliy taomlari restoranlari tarmog‘ini ochishni reja qilib qo‘yganini aytdi.

Germaniyada tahsil olayotgan Robiya Nuriddinova esa qizlarning xorijiy davlatlarda o‘qishi va kar’era qilishi uchun sharoit yaratib berish to‘g‘risida ota-onalar o‘rtasida to‘g‘ri tushuntirish ishlari olib borilishi kerak, degan taklifni bildirdi.

Singapurda istiqomat qilayotgan Omina Sultonovaning fikrlari esa tadbir ishtirokchilariga faxr va iftixor tuyg‘usini bag‘ishladi.

Ominaning aytishicha, endi ko‘chib borganida, o‘zbek milliy taomlarini pishirib, o‘zbekona lutf bilan singapurliklarni mehmon qilganida, qo‘shnilari bundan hayratga tushib, O‘zbekiston, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz haqida katta qiziqish bilan savollarga ko‘mishgan.

“Singapurdagi hamkasblarimga bunday onlayn-suhbatlar bo‘lib turishi haqida gapirganimda, ular “Nahotki hukumatingiz chet eldagi yoshlardan ham xabar olib turadi?”, deya qattiq taajjublanishgan. Men ularga faxr ila, xuddi shunday, O‘zbekiston hukumati, nafaqat mamlakatda yashovchi yoshlar, balki chet eldagi yoshlar holidan xabar oladi, muammolarini tinglaydi, yordam qo‘lini cho‘zadi, deyman hamisha”, - dedi hayajon va faxr bilan Omina va hokimdan bunday uchrashuvlarni ko‘proq o‘tkazib turishni so‘radi.

Slide 1 of 7