35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
Xalq deputatlari viloyat Kengashining 101-sessiyasi 31-iyul kuni oʻtkaziladi

Bu haqda 24-iyulda qabul qilingan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz birinci sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorda ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, bir yuz birinchi sessiyasi 2024-yil 31-iyul kuni o‘tkazilishi belgilandi.

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi:

Viloyatda 2024-yilning I yarim yilligida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri M.Turdiyevning viloyatda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan axboroti;

viloyatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi U.Nazarovning hisoboti;

viloyatda energiya resurslarini iqtisod qilishning maqsadli ko‘rsatkichlarni tasdiqlash to‘g‘risida;

yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;

Turkiya Respublikasi fuqarosi Ali Baklan (Ali Baklan)ga “Faxriy fuqaro” maqomini berish to‘g‘risida;

xalq deputatlari viloyat Kengashining 2024-yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;

bo‘sh turgan davlat mulki obyektini “E-Auksion” elektron savdo platformasi orqali auksion savdolariga chiqarish to‘g‘risida;

xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashidagi deputatlik o‘rinlari sonini belgilash to‘g‘risida;

viloyat hokimi o‘rinbosarlarining 2024-yil II chorak faoliyati samaradorligi natijalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyatining Samarqand, Kattaqo‘g‘on shaharlari, Jomboy, Oqdaryo, Pastdarg‘om, Bulung‘ur, Payariq, Paxtachi, Samarqand, Qo‘shrabot, Urgut, Toyloq va Nurobod tumanlaridagi kichik sanoat zonalarini tugatish to‘g‘risida;

2024–2026-yillarda Samarqand viloyatining Pastdarg‘om va Ishtixon tumanlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida;

Samarqand viloyatida avtomobil yo‘llari, ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimi, elektr energiyasi ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida;

viloyat hokimining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida;

boshqa masalalar 

Slide 1 of 1