35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Tavboev tumandagi qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha qilinayotgan ishlar holati bilan tanishib chiqdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashining Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A. Tavboyev tumandagi qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha qilinayotgan ishlar holati bilan tanishib chiqdi. O‘rganish natijalaridan ko‘rinadiki, keyingi
paytlarda kommunal sohada aholiga xizmat ko‘rsatish anchagina ijobiy tomonga o‘zgargan.
Jumladan, hozirgi paytlarda tabiiy gaz quvurlarini qish mavsumiga tayyorlash, bosim ortida zichlikka sinash, elektr simyog‘ochlarini yangilash, transformatorlar o‘rnatish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, mukammal ta’mirlash bo‘yicha 208 km. uzatish tarmoqlari tortilgan. Joriy ta’mirlash bo‘yicha 377 km uzatish tarmoqlaridan 211 km. tarmoqlar tortilib, 111 ta transformatorlar
ta’mirlandi.
Shuningdek, Payariq shahrida piyodalar yo‘lakchalari atrofida gullar ekish va ko‘kalamlashtirish ishlari davom etmoqda. Markaziy ko‘cha chiroyli holatga keltirilib, asfaltlashtirish choralari
ko‘rilmoqda. Otabek Quvvatov ko‘chasining asfaltlashtirilishi tumanimiz aholisining kayfiyatiga alohida kayfiyat bag‘ishlamoqda. Shuningdek, yo‘llar ta’miri bo‘yicha qator ishlar payariqliklarning faxru g‘ururini uyg‘otmoqda.
Ichimlik chuvi masalasida ham qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Javshar ota”, “Polvonariq”, “Istiqlol”, “Choshtepa”, “Sarbozor” va boshqa mahallalarda joylashgan mavjud suv inshoatlari ta’mirlandi. “Boshcho‘rosh” mahallasida suv tarkibligi qattiqligi
baland bo‘lganligi sababli suvni yumshatib berish uchkunasi bilan o‘rnatildi.
 

Ammo shuni aytish kerakki, hali sohada qilinishi lozim
bo‘lgan, aholi kayfiyatiga ta’sir etuvchi salbiy holatlarning oldini olish, sohalar
kesimida hal qilinishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha vazifalarimiz ko‘p.
  

Slide 1 of 5