35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining to‘qson ikkinchi sessiyasi

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi 92 sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosarlari, deputatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar. Sessiyada 7  ta masala muhokama qilindi. Dastlab, joriy yilning 6 oyi davomida Kattaqo‘rg‘on shahri hududida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘ulom Islomovning hisoboti eshitildi. Xalq qabulxonasi, sektorlar va tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri Xamrotosh Shodievaning hamda “Aholi farovonligini ta’minlash va mahallalardagi mavjud muammolarni hal etishda mahalla yettiligining mas’uliyatini oshirish, faoliyati va rolini kuchaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” yuzasidan mahalla uyushmasi shahar bo‘limi raisi Abdulla Raxmanovlar hisobot berdi. Shundan so‘ng Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Alisher Daminovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-fevraldagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini“, "Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmoni shuningdek 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” PF-37-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirib kelinayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti deputatlar e’tiboriga havola etildi. Shuningdek, sessiyada deputatlar tomonidan Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlarining xorijiy mamlakatlarga chiqishi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish to‘g‘risida, Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi va tartibini tasdiqlash to‘g‘risida hamda Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi tomonidan shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitishning tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlar tasdiqlandi. Shuning bilan sessiya o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 6