Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Joriy yilning 1-aprel kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi tashabbusi bilan shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Kengashlar binosi uyida xaftalik taxliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
✅Yig‘ilishni Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri S. Usmonov olib bordi.
✅Sessiyalar jarayoni, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, deputatlarning faolligi hamda kotibiyatlarning ijro intizomi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, ayrim hududlarda faoliyat natijalarini aholiga yetkazishda sustkashliklar kuzatilgani qayd etildi.
👍 Bu borada axborot siyosatini kuchaytirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali faoliyatni muntazam yoritib borish, shuningdek kotibiyatlar ishini tizimli ravishda nazorat qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅@sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)