Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani kengashi sessiyasi
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг бешинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг тўртинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг иккинчи сессияси ўтказилди
янв.21
Янги Наманган тумани Кенгашининг еттинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг олтинчи сессияси
янв.21
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг биринчи сессияси ўтказилди
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгашининг навбатдаги ўн тўққизинчи сессияси ўтказилди
янв.20
Янги Наманган тумани ҳокимлиги мажлислар залида Халқ депутатлари Янги Наманган туман Кенгашининг навбатдаги ўн тўртинчи сессияси ўтказилди.
янв.20
Халқ депутатлари Янги Наманган тумани Кенгаши депутати Жобир Абдуллаевнинг навбатдаги қабули Саховат маҳалласида бўлиб ўтди
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA

Ma’lumki, mamlakatimizda mahallalar darajasida aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va samarali yechimini topish, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi va shaffofligini ta’minlash orqali fuqarolar yashash sharoitlarini yanada yaxshilash bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 

Mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektoridan iborat “Mahalla yettiligi” tashkil qilindi. 

Mazkur sohada belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirishda “Mahalla yettiligi”ga ko‘maklashish, mahallalarda qabul qilinayotgan qarorlarning haqqoniyligi va asosliligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputatlari tomonidan o‘z okruglaridagi mahallalarda o‘rganish ishlari olib borilib, “mahalla yettiligi” bilan fuqarolar qabullari tashkil etilmoqda.

Jumladan, tuman Kengashi deputati Nigora Muxamadiyeva tomonidan Amir Temur mahallasida mahalla yettiligi va tegishli mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda sayyor qabul o‘tkazildi.

Fuqarolar qabulida ko‘tarigan masalalar ro‘yxati shakllantirilib, atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida aholi murojaatlarining aksariyati shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tuman Kengashi deputatlari o‘zlari biriktirilgan mahallalarda chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolarga qulay sharoit yaratish hamda mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni reintegratsiya qilish ishlarining holati o‘rganilib, nazorat qilinmoqda, bu borada “Mahalla yettiligi” bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda.

O‘rganish va aholi bilan muloqot natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolar va shakllantirilgan takliflar “mahalla yettiligi” bilan umumlashtirilib, tegishli doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqish uchun Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyatiga taqdim etib borish belgilab olindi.

Slide 1 of 1