An’anaviy musiqa va qo‘shiqlarimiz odamlarni hamisha iymonga, mehroqibatga, odamiylikka chorlab kelgan. Bugungi kunda ham shu dolzarbligini yo‘qotmagan holda mehnatkashlar ongini shakllantirish yo‘lida, barkamol avlod tarbiyasida vosita sifatida asosiy omillardan bo‘lib qolaveradi.
Xuddi shunday an’anaviy ijro yo‘nalishi bo‘yicha Ishtixon tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari yaxshi o‘rinlarni egalladi.
Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Aliqulova va maktab direktori ishtirokida yaxshi o‘rin olgan o‘quvchilarni “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlashdi.