Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Faxriddin Abdurazzaqov Davlatimiz rahbari bergan topshirig‘iga asosan “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol qatnashdi. Deputat F.Abdurazzaqov “Yashil makon” umummilliy loyihasi asosida o‘z saylov okrugda joylashgan Shayxlarkent qabristoni hududidagi bo‘sh turgan yerga 50 tup mevali va 500 tup terak ko‘chatlarini ekdi.
Safimizga qo‘shiling - tumanimizni yashil makonga aylantirib, o‘zimiz uchun, bolalar, farzandlar, kelajak avlodlar uchun hech bo‘lmaganda bir siqim yaxshilik, bir misqol toza havo, bir chimdim soya yarataylik – har birimiz hech bo‘lmaganda bittadan ko‘chat o‘tqazib, parvarishlaylik.
Bu sizu bizning qo‘limizdan keladigan va bajarishimiz zarur, insoniy burch bo‘lgan ishdir.
Ko‘chat o‘tqazib, yurtni obod qilishdek xayrli ishda chekkada turmang, aziz yurtdoshlar!
Yangi O‘zbekiston – Yashil makonda birga yashaylik!