O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi «Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini taminlash maqsadida mamlakatimiz bo‘ylab sport musobaqalari va ommaviy marafonlar tashkil etilmoqda.
Ishtixon tumani “Qirqyigit” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida «Sog‘lom hayot uchun 5000 ming qadam» shiori ostida ertalabki badantarbiya va yurish marafoni bo‘lib o‘tdi. Dastlab, barcha qatnashchilar badantarbiya mashqlarini bajarishdi. Shundan so‘ng, piyoda yurish marafonida belgilangan masofani bosib o‘tishdi.
Mazkur marafonda sport maktabi xodimlari bilan bir qatorda Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Xolmurodova Oyshahar ishtirok etdi.