Bugun Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyatida mazkur farmon ijrosi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda yerga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlari to‘liq bo‘lmagan, hujjatdagi va amaldagi maydoni bir-biridan farq qiladigan, doimiy foydalanish uchun ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish holatini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh tomonidan aniqlangan kamchiliklar va muammoli yer maydonlari muhokamaetilib, ishchi guruh xulosasi qabul qilindi.