“Navro‘z” bayrami munosabati bilan 22-mart kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati M.Aliqulova va “Shayxlar” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari bilan birgalikda nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan va yoshi katta onaxonlar holidan xabar olinib, sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Har bir oila tashrif buyurganlarga o‘z tashakkurlarini bildirishib, uzundan-uzoq duolar qilishdi.