#DeputatlikNazorati #Obodonlashtirish #QonunUstuvorligi #Tadbirkorlik
"Yoʻrqinhayot"da obodonlashtirish va sanitariya qoidalari nazoratda: Deputat oʻrganish oʻtkazdi
💤 Yangihayot tumani xalq deputatlari Kengashi tomonidan yaqinda muhokama etilib, qatʼiy nazoratga olingan masala — shartnoma asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlarini koʻrsatish yoʻnalishidagi ishlar oʻrganilmoqda.
Xususan, deputat B.Erkaboyev oʻzi saylangan "Yoʻrqinhayot" okrugi hududidagi chakana savdo va xizmat koʻrsatish subyektlarida amaliy oʻrganishlar olib bordi.
📊 Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor tadbirkorlarning ixtisoslashgan tashkilotlar bilan chiqindi boʻyicha rasmiy shartnomalar tuzgani, belgilangan muddatlarga rioya qilinayotgani hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga qatʼiy amal qilinayotganiga qaratildi.
Shuningdek, savdo obyektlarida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularning yaroqlilik (amal qilish) muddatlari ham koʻzdan kechirilib, tegishli tushuntirishlar berildi.
Qonun ustuvorligi — burchimiz! Oʻzbekiston Respublikasining "Chiqindilar toʻgʻrisida"gi Qonuni va tegishli qoidalarga koʻra, har bir tadbirkorlik subyekti chiqindilarni oʻz vaqtida bartaraf etish yuzasidan shartnoma tuzishi hamda atrof-muhit tozaligini taʼminlashi shart.
Mahallamiz va tumanimiz ozodaligi barchamizdan birdek masʼuliyat talab qiladi!
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#DeputatlikNazorati #Obodonlashtirish
Xalq deputatlari Kengashi deputati B. Erkaboyev o‘z saylov okrugida chiqindilarni yig‘ish shoxobchalarining ahvolini o‘rgandi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati B. Erkaboyev o‘zi saylangan "Yo‘rqinhayot" okrugi hududidagi amaldagi holatni yaqindan o‘rganish maqsadida 20- va 21-sonli chiqindi yig‘ish maydonchalarida bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida deputat hududdagi ekologik muhit, obodonlashtirish va maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish ishlarining holatini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, chiqindilarni saralash, ularni belgilangan tur va fraksiyalariga ajratgan holda maxsus idoralarga topshirish boʻyicha muloqot olib bordi.
Jarayonda masʻul kommunal xizmat xodimlari va boshqaruv organlari vakillarining kundalik faoliyati tanqidiy-tahliliy nazoratdan o‘tkazildi. Deputat hududda tozalikni saqlash, aholiga qulayliklar yaratish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni ijobiy baholadi.
Uchrashuv yakunida B. Erkaboyev o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashib, hudud ozodaligi va aholining qulay yashashi yo‘lida tinimsiz mehnat qilayotgan soha xodimlariga o‘zining samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Shuningdek, kelgusida bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va aniqlangan kichik kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#QonunIjrosi #DeputatNazorati #Oshkoralik
Aholi salomatligi – e’tibor markazida: Gulnora Muradova tumanimizdagi poliklinika faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Muradova Gulnora Mirzaxmatovna oʻz saylov okrugi hududidagi 65-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati bilan yaqindan tanishdi.
Oʻrganish davomida deputat tibbiyot muassasasidagi mavjud sharoitlar, dorixona shoxobchalari, tor soha mutaxassislarining qabullari hamda fuqarolarga yaratilgan qulayliklarni koʻzdan kechirdi. Shuningdek, aholiga oʻz vaqtida sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, dori-darmonlar taʼminoti hamda "Aholiga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qonun va qarorlar ijrosi yuzasidan masʼullar bilan muloqot olib bordi.
Jarayonda fuqarolarni qiynayotgan muammolar, tibbiy koʻriklar va imtiyozli yoʻllanmalar berish jarayonidagi holatlar muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va deputatlik soʻrovlari yuborilishi belgilandi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#DeputatlikNazorati #HududiyRivojlanish #Tadbirkorlik
Deputat "MILLENNIUM HOME MAX" MCHJ faoliyati bilan tanishdi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xasanjon Dadabayev hamda OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – apparat rahbari Sarvarxon Musoxon oʻgʻli Ibrohimxonov "MILLENNIUM HOME MAX" masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda mazkur korxonada 50 nafarga yaqin xodim mehnat qilib kelmoqda.
Oʻrganishlar davomida korxona rahbariyati bilan muloqot oʻtkazilib, mavjud imkoniyatlarni kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish orqali qoʻshimcha yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, ularni qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish masalalari bilan bir qatorda, tuman fuqarolarini kambagʻallikdan chiqarish va ularni doimiy daromad manbai bilan ta'minlashda korxonaning imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#Deputatlik_nazorati
#Kotibiyat_hududlarda
#Qarorlar_ijrosi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6- Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugida oʻrganish oʻtkazdi.
Oʻrganishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori (“Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”) ijrosini taʼminlash maqsadida mahalla xotin qizlar faoli M.Sarimsakova faoliyatini atroqlicha tahlil qildi.
Tahlil jarayonida joriy yil “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar yuzasidan suhbat olib borildi.
Shuningdek, murojaatlarni hal etish va sonini kamaytirishga erishish bo’yicha tavsiyalar berildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀 Bizni kuzatishni davom eting!
#DeputatlikNazorati
#Deputat_fuqaro_qabuli
Bugun xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashidagi 6-Yangihayot saylov okrugi deputati D. Xursandova oʻz saylov okrugidagi 332-umumtaʼlim maktabida oʻz saylovchilari bilan qabul oʻtkazdi.
Qabul jarayonida nuroniylar tomonidan koʻtarilgan muammolar:
· “Obod mahalla” dasturining toʻxtab qolganligi;
· Hududda qurilish materiallarining tartibsiz toʻplanib turishi va xomashyolarning yoʻlga yoyilib ketayotganligi;
· Piyodalar, maktab oʻquvchilari va bogʻcha tarbiyalanuvchilari uchun nosoz holdagi yarim yalongʻoch yoʻllar jiddiy noqulayliklar keltirib chiqarayotganligi taʼkidlandi.
Shuningdek, yigʻilishda fuqarolar tomonidan bildirilgan boshqa taklif va murojaatlar ham tinglanib, ularning yechimi yuzasidan huquqiy tushuncha berildi.
Deputat mazkur muammoli masalalarni oʻz nazoratiga olib, mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish choralarini koʻrishini bildirdi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#DeputatlikNazorati #HududiyRivojlanish #Tadbirkorlik
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati Xasanjon Dadabayev va OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi oʻrinbosari – apparat rahbari Sarvarxon Musoxon oʻgʻli Ibrohimxonov ishtirokida "TECHNOPLASTIC" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
O‘rganish jarayonida MCHJ korxonasi rahbari G.Xasanova bilan muloqot o‘tkazilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini yanada oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subektlariga yaratilayotgan qulayliklar, ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#DeputatNazorati
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatidan yana bir amaliy tashabbus! 📝
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Viqor okrugi deputati N. Shevchenko o‘z hududida o‘rganish o‘tkazdi.
O‘rganish davomida to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqib ketildi va muammo bartaraf etildi.
Deputat tomonidan fuqarolarning murojaatlari hamda joylardagi dolzarb masalalarni hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!
#Deputat_fuqaro_qabuli
#Hamkorlik_faoliyati
Deputat o`rni bo`sh bo`lgan Olchazor mahalla fuqarolari murojaati tinglandi
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat D. Xursandova Olchazor mahalla fuqarosining murojaatini tinglab, u bilan muloqot oʻtkazdi.
Fuqaro Nosir Mirsultonov murojaatining asosiy mazmuni matematika fanidan oʻquv toʻgaragini tashkil etish uchun qulay manzil topish va bu borada amaliy yordam koʻrsatishdan iborat edi.
Muloqot davomida fuqaroga tegishli tavsiyalar berilib, mazkur masalani qonuniy tartibda hal etish boʻyicha zarur tushuntirish ishlari olib borildi.
🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati
👀Bizni kuzatishni davom eting!