Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_fuqaro_qabuli   📌 Har bir murojaat eʻtiborda: Deputat X. Tillayev fuqaroning muammosini shaxsan oʻrgandi
янв.21
📌 Aholi muammolari eʼtiborsiz qoldirilmaydi: Yangihayotda aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi!
янв.21
“Inson qadri uchun” -Deputat, tuman hokimi X.Inogamov navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining sport inventarlarini oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining tashabbusi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi quriladi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
📌 Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda: Deputat va masʻullar hududda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2025-yil 21-iyundagi 1-14-220-F/25-sonli farmoyishi ijrosi taʼminlanmoqda
UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI

🧠 Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shahar va tuman miqyosidagi kommunal, ijtimoiy hamda boshqa sohalardagi jarayonlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Uchtepa tumanidagi Raqamli vaziyatlar markaz faoliyati o‘rganildi.

🗂 Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-martdagi PQ-4642-son “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturiga borib taqaladi. Qarorda shahar xizmatlari, ijtimoiy soha obyektlari, yo‘l-transport va kommunal infratuzilmaning integratsiyalashgan axborot muhitini yaratish vazifalari belgilangan.

📈 Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyuldagi 443-son “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi doirasida Toshkent shahrining geografik axborot-tahlil tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida davlat organlari va tashkilotlarining o‘zaro elektron hamkorligini yo‘lga qo‘yish hamda hududlarga oid ma’lumotlarni yagona axborot muhitida shakllantirishga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.

⚙️ O‘rganish davomida Uchtepa tumanidagi vaziyatlar markazi orqali kommunal xizmatlar va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridagi holatlarni onlayn kuzatish, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

⚙️ Shuningdek, tuman hududidagi umumta’lim maktablarining 32 tasida yuqori sinf o‘quvchilari uchun o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari faoliyati va ularning vaziyatlar markaz orqali nazorat qilinishi ham o‘rganildi. Mazkur tizim orqali ta’lim muassasalaridagi vaziyatni masofadan turib kuzatish, xavfsizlikka oid holatlarni tezkor aniqlash va tegishli mas’ullarga ma’lumot yetkazish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

📊 Alohida ta’kidlash joizki, markazning kecha-kunduz faoliyat yurituvchi 1073 qisqa raqamli aloqa liniyasi ishga tushirilgani va undan aholining tegishli murojaatlarini qabul qilish hamda mas’ul xizmatlarga yo‘naltirishda foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

💼 O‘rganishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi Alisher Giyasov, shuningdek, tuman hokimining sun’iy intellekt masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shoxruh Aktamov ishtirok etdi.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha situatsion markazning imkoniyatlaridan samarali foydalanish, kommunal va ijtimoiy sohalardagi muammolarni tezkor aniqlash hamda ularning ijrosini nazorat qilish, shuningdek, videokuzatuv tizimlari va qisqa raqamli aloqa liniyasi orqali kelib tushayotgan ma’lumotlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 6