Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_fuqaro_qabuli   📌 Har bir murojaat eʻtiborda: Deputat X. Tillayev fuqaroning muammosini shaxsan oʻrgandi
янв.21
📌 Aholi muammolari eʼtiborsiz qoldirilmaydi: Yangihayotda aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etildi!
янв.21
“Inson qadri uchun” -Deputat, tuman hokimi X.Inogamov navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi
янв.21
Sessiya oldi oʻrganishlar.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Zarbdor okrugi deputati G. Djumaniyazova "Zarbdor" mahallasida oʻrganish oʻtkazdi.
янв.21
Toshkent iqtisodiyot va soliq texnikumining sport inventarlarini oʻrganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatining tashabbusi ijobiy yechim topmoqda: Mashʼal mahallasida piyodalar yoʻlagi quriladi
янв.21
Yangihayot tumanida "Mahalla yettiligi" faoliyati va qarorlar ijrosi tahlil qilindi
янв.21
📌 Yangihayotda aholi muammolari doimiy eʼtiborda: Deputat va masʻullar hududda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
📌 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining 2025-yil 21-iyundagi 1-14-220-F/25-sonli farmoyishi ijrosi taʼminlanmoqda
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi

DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

🤔 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi muhim masala muhokama qilindi.

🕯 Yig‘ilishda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi masalasi ko‘rib chiqildi.

📊 Muhokama davomida tuman deputatlari tomonidan Uchtepa tumani hokimligi, tumandagi davlat organlari, tashkilot va muassasalar hamda mansabdor shaxslarga yuborilgan deputatlik so‘rovlari atroflicha tahlil qilindi.

✍️ Xususan, deputatlik so‘rovlarining:
aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yishdagi o‘rni;

✍️ fuqarolarning murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni hal etishga ta’siri;

✍️ mas’ul tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan berilgan javoblarning mazmuni va javob berish muddatlari;

✍️ berilgan javoblarning amaliy natijadorligi;

✍️ so‘rovlar asosida muammolarning bartaraf etilishi hamda ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar ko‘rib chiqildi.

🗣 Muhokamalar davomida deputatlik so‘rovi — deputatning hududdagi muammolarni aniqlash, tegishli vakolatli organ va mansabdor shaxslar e’tiboriga yetkazish hamda ularning hal etilishi ustidan parlament nazoratini amalga oshirishdagi muhim vositalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

⚠️ Shuningdek, deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida, mazmunli va amaliy natijaga yo‘naltirilgan javoblar berish, aniqlangan muammolarni faqat javob xati bilan cheklanib qolmasdan, amalda bartaraf etish hamda so‘rovlar ijrosini tizimli monitoring qilib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💹 2026-yilning 9 oyi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil deputatlarning saylovchilar manfaatlarini ifoda etish, hududdagi dolzarb masalalarni ko‘tarish va ularning yechimini ta’minlash borasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

📁 Muhokama yakunida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarining samaradorligi va natijadorligi to‘g‘risidagi masalani Kengashning navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

📈 Mazkur masalaning sessiyada ko‘rib chiqilishi orqali deputatlik so‘rovlarining ijrosi, aniqlangan muammolar va ularning yechimi yuzasidan tegishli xulosa hamda takliflar belgilab olinishi ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 2