Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 584-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 581-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
#️⃣ Deputatning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
🔰 PF-193-sonli Farmon ijrosi: Deputat va “Xalq banki” vakillari ishtirokida muhokama oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Xursandova fuqarolar murojaatlarini oʻrgandi
янв.21
Deputat nazoratida: Yangihayot tumanidagi 6-saylov okrugida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
🌸 Ustozlar eʼzozda: Deputat faxriy oʻqituvchi xonadonida boʻldi
янв.21
🏫 Yangihayotda 1 850 oʻrinli zamonaviy maktab qurilishi boshlandi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati G.Djumaniyazova saylov okrugida oʻrganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi Xushnud mahallasida
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi

Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi

Pop tumanida oilalar, xususan, ehtiyojmand oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan oilalar va yosh avlodga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi sifatida Respublika Nuroniylar boshqaruvi tomonidan tumanda ikki nafardan o‘quvchisi bo‘lgan ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun 282 dona ikki o‘rinli o‘quvchi parta va stullar hamda 1135 ta sport formasi tarqatildi. Oʻtkazilgan tadbirda tuman Kengashi raisi N.Abrarov hamda tuman Kengashi deputati, tuman hokimi G’.Murodxoʻjaev va tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Mazkur amaliy ko‘mak farzandlarning ta’lim olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, ularni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4