Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 584-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
🌟 Maktabgacha taʼlim tashkilotida xavfsizlik nazoratda: Deputat 581-sonli DMTTda oʻrganish oʻtkazdi
янв.21
#️⃣ Deputatning navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
янв.21
🔰 PF-193-sonli Farmon ijrosi: Deputat va “Xalq banki” vakillari ishtirokida muhokama oʻtkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Xursandova fuqarolar murojaatlarini oʻrgandi
янв.21
Deputat nazoratida: Yangihayot tumanidagi 6-saylov okrugida oʻrganish ishlari olib borildi
янв.21
🌸 Ustozlar eʼzozda: Deputat faxriy oʻqituvchi xonadonida boʻldi
янв.21
🏫 Yangihayotda 1 850 oʻrinli zamonaviy maktab qurilishi boshlandi!
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati G.Djumaniyazova saylov okrugida oʻrganishlarni davom ettirmoqda
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi Xushnud mahallasida
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA

TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Esonaliyev Toshqo‘rg‘on mahallasi Do‘stlik ko‘chasida Investitsiya dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur hududda 2 milliard 100 million so‘m mablag’ evaziga zamonaviy va barcha qulayliklarga ega piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari olib borilmoqda.

Deputat qurilish jarayonlarini joyiga chiqib ko‘zdan kechirar ekan, amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda obodonlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilishi yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashdi.

Yangi piyodalar yo‘lagi mahalla aholisi, ayniqsa, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatlarini yaratib, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2