Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Qo‘qon shahrida “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish to‘g‘risidagi masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Muqimiy shaharchasi, Sangzor ko‘chasida “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish uchun tanlangan hudud ko‘zdan kechirildi. Hududning mavjud holati, sayr ko‘chasini tashkil etish imkoniyatlari hamda fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida sohaga mas’ul mutaxassislar bilan suhbat o‘tkazilib, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, piyodalar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha “Soya-salqin sayr ko‘chasi”ni barpo etish masalasini sifatli tashkil etish, hududdan samarali foydalanish va aholi uchun qulay sayr hududini yaratishga qaratilgan takliflar shakllantirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 7