Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HAR BIR FUQARO DAVLAT VA JAMOATCHILIK EʼTIBORIDA
янв.21
#35-SessiyagaTayyorgarlik
янв.21
Maktablar atrofida va piyodalar yoʻlaklarida xavfsizlik — qatʼiy deputatlik nazoratida!
янв.21
Aholi farovonligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash — ustuvor vazifa!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
✍️Bolalarning sifatli va xavfsiz ovqatlanishi — alohida e’tiborda!
янв.21
Navbatdagi “Uch avlod” uchrashuvi 330-umumta'lim maktabida
янв.21
Fuqarolar murojaati doimo e’tibor va nazoratda
янв.21
Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati hududdagi ahvolni oʻrgandi
янв.21
🇺🇿 YANGIHAYOT TUMANI KENGASHI deputatlarining HAFTALIK DAYJEST 📈
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash va yo‘llarni ta’mirlash borasida yuborilgan murojaat yuzasidan Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan rasmiy javob xati taqdim etildi.

Deputat so‘rovi asosida Qo‘qon shahar “Kalvak” MFY hududidagi A.Umarxon ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganish natijasida 2026-yilga mo‘ljallangan manzilli ro‘yxatga asosan “Kalvak” MFY bo‘yicha Toshqo‘rg‘on ko‘chasi kiritilganligi, A.Umarxon ko‘chasini esa 2027 yilgi tegishli dasturlarga kiritilish va bosqichma-bosqich ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.

Taqdim etilgan javobda shahar bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar doirasida har bir MFYdan bittadan ko‘chani ta’mirlash ma’qullanganligi, “Kalvak” MFYdagi boshqa ta’mirtalab ko‘chalarni ham kelgusi ta’mirlash dasturlariga kiritish hamda ajratiladigan mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich asfaltlashtirish ishlari olib borilishi bildirildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, “Kalvak” MFYdagi ta’mirtalab ko‘chalarni, shu jumladan A.Umarxon ko‘chasini kelgusi davlat va mahalliy dasturlarga kiritish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi