Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati N. Ibragimova tomonidan Dovud mahallasida
kambag‘al oilalar holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.
O‘rganish davomida Zafar ko‘chasi, 42-uyda yashovchi kambag‘al oila vakili Qurbonboyev Navruzbek
xonadonida bo‘lib, oilaning ijtimoiy-maishiy sharoiti, mavjud muammolari va
ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga
qo‘yish hamda daromad manbaini yaratish maqsadida imtiyozli kredit
yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Zafar ko‘chasi, 46-uyda yashovchi kambag‘al oilalar ro‘yxatida turuvchi Pirnazarova
Xurshidaning xonadoni o‘rganilib, uning sharoiti va muammolari yuzasidan zarur
ma’lumotlar olindi. Fuqaroga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda imtiyozli kredit
yo‘nalishlari tavsiya etildi.