35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Ижтимоий объектларнинг куз-қиш мавсумига тайёргарлик холати
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayot tumani 10-Zarbdor saylov okrugida aholi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
янв.21
#Tabrik Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati rasmiy kanalida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qatʻiy nazoratda
Deputat mahallada

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari tashabbusi bilan hududlardagi muammolarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga tezkor yechim topish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 22-Fayzli saylov okrugi deputati N.Akbarov oʻz hududida oʻtkazgan oʻrganish natijasida aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etdi.

Muammoning koʻlami va uning aholi salomatligiga taʼsirini inobatga olgan holda, masʼul tashkilotlar zudlik bilan voqea joyiga chaqirtirildi.
Deputatning qatʼiy nazorati va aralashuvi natijasida tuman kommunal xizmatlari tomonidan tezkor maxsus texnikalar jalb etilib, hududdagi barcha chiqindilar toʻliq tozalandi. Natijada mahalla koʻchalarida tozalik va tartib tiklanib, aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratildi.

Deputat atrof-muhitga befarq boʻlmagan holda, joylardagi mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, shaharsozlik va obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirmoqda.

Bu kabi amaliy tashabbuslar fuqarolar va davlat idoralari oʻrtasidagi ishonch rishtalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

🇺🇿 Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati 

Slide 1 of 3