35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy himoya — doimiy eʼtibor markazida
янв.21
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar hamda tuman Kengashlarining navbatdagi — V qoʻshma plenumida xalq deputatlari yangihayot tumani kengashi deputati B.Mirzoqulov ham ishtirok etdi.
янв.21
Deputatlik nazorati va muloqot: Yangihayot tumanida kommunal soha qonunchiligi ijrosi oʻrganilmoqda
янв.21
Deputat B.Mirzoqulov “Marhamat” mahallasidagi mahalla yettiligi bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
Ijtimoiy himoya — doimiy eʼtibor markazida
янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
🍂🏢 Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
13-sonli DMTT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudova hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Samonchuq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni, guruh xonalarining holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda muassasaning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qobiliyat va qiziqishlarini rivojlantirish, sifatli maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Muassasada ta’lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, bolalar uchun qulay va xavfsiz muhitni ta’minlash borasidagi ishlar deputatlar nazoratida bo‘lishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6