35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
🍂🏢 Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayot tumani 10-Zarbdor saylov okrugida aholi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov tomonidan fuqarolar murojaati asosida “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish masalasida deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Javobda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida tasdiqlangan 2026-yilgi manzilli dasturiga muvofiq, “Davronbek” MFY hududidan “Bandi Eshon” ko‘chasi 2026-yilgi asfaltlashtirish dasturiga kiritilgan.

Shuningdek, manzilli dasturga muvofiq “Davronbek” MFY “Bandi Eshon” ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari joriy yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Shu tariqa, deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan ijobiy munosabat bildirilib, ko‘chani asfaltlashtirish ishlari dastur asosida amalga oshirilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi