35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
🍂🏢 Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayot tumani 10-Zarbdor saylov okrugida aholi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
KENGASH RAISI TOMONIDAN PARKENT TUMANIDA GAZ TA’MINOTI HOLATI JAMOATCHILIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan deputatlik nazorati va jamoatchilik nazorati doirasida “Parkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida Parkent tumanida gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash stansiyalari hamda
punktlarining texnik holati, iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.Mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan “Parkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i E.Valiyevning hisoboti tinglanib, korxonaning faoliyati, mavjud imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minoti hamda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.Bugungi kunda bo‘limda jami 60 nafar xodim faoliyat yuritmoqda.“Parkenttumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tasarrufida jami 779,9 kilometr gaz tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan: yuqori bosimli gaz tarmoqlari – 108,8 km,o‘rta bosimli gaz tarmoqlari – 261,7 km,past bosimli gaz tarmoqlari – 409,4 km.Shuningdek, tumanda 2 ta gaz taqsimlash stansiyasi (GRS) va 425 ta gaz taqsimlash punkti (GRP) mavjud. Ularning 49 tasi yuqori bosimli, 376 tasi o‘rta va past bosimli gaz taqsimlash punktlaridan iborat.Gaz ta’minoti tizimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida korxonaning zaxira materiallari ham shakllantirilgan.Jumladan, 386 metr gaz quvuri, 21 dona zulfin, 453 dona jumrak, 15 dona manometr, 35 kg salnik nabivka, 25 kg elektrod va 20 kg karbid zaxirasi mavjud.Bundan tashqari, korxona tasarrufida 3 dona texnika va 5 ta brigada mavjudligi qayd etildi.2026-yilda “Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish” dasturi doirasida 2 dona GTP mukammal ta’mirlanib, rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, jami 18,0 kilometr gaz quvurlari tartibga keltirilib, bo‘yaldi. Ayni paytda iste’molchilarda o‘rnatilgan gaz hisoblagichlar soni 35 386 tani tashkil etadi. Shundan aholi xonadonlarida – 33 612 dona,ulgurji iste’molchilarda – 1 774 dona.Tuman bo‘yicha jami iste’molchilar soni 36 364 tani tashkil etib, shundan tabiiy gazdan foydalanuvchi aholi – 33 612 ta, ulgurji iste’molchilar – 802 ta, suyultirilgan gaz iste’molchilari – 1 950 ta.Jamoatchilik nazorati doirasida iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlarning ko‘rib chiqilishi va ularning amaliy hal etilishiga ham alohida e’tibor qaratildi.2026-yil 1-sentabr holatiga gaz ta’minoti bo‘yicha iste’molchilardan jami 82 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 81 tasi, ya’ni 99 foizi qanoatlantirilgan, 1 ta murojaat bo‘yicha esa huquqiy tushuntirish berilgan.O‘rganish yakunida tuman hududida gaz ta’minotining barqarorligini ta’minlash, mavjud gaz tarmoqlari va gaz taqsimlash inshootlarining texnik holatini doimiy nazorat qilish, kuz-qish mavsumida uzluksiz gaz ta’minotini ta’minlash, zarur zaxira materiallari va texnikalarni shay holatda saqlash hamda fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi tomonidan gaz ta’minoti sohasidagi ishlarning holatini o‘rganish va aholi uchun muhim bo‘lgan masalalar yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish ishlari izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 7