35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlar nazoratida
янв.21
🍂🏢 Yangihayot tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qanday ketmoqda?
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yangihayot tumani 10-Zarbdor saylov okrugida aholi murojaati ijobiy hal etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI YANGIHAYOT TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASI
янв.21
📅 Hafta sarhisobi (2026-yil 02 sentabrdan 04-sentabrgcha)
янв.21
Qonun targʻiboti va yoshlar kelajagi: Yangihayotda muhim uchrashuv
янв.21
O‘zbekistonda shaxmat infrastrukturasi va sportdagi ulkan o‘zgarishlar
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_162_ta_qonun Qonun ijrosi — deputat nazoratida

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_162_ta_qonun
Qonun ijrosi — deputat nazoratida


Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining 20-“So‘fiyon” saylov okrugidan saylangan deputat T.Mirzaev ҳamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Ҳamdamova tomonidan “Ҳamkorlik” maҳallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maҳallada aҳoliga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ayniqsa, eҳtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar taҳlil qilindi.
Fuqarolarning ijtimoiy ҳimoyasi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga aloҳida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, deputat T.Mirzaev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-sonli Qonuni ijrosi ҳam o‘rganildi.
Taҳlil jarayonida axborotlashtirish soҳasidagi munosabatlarni ҳuquqiy jiҳatdan tartibga solish, axborot resurslaridan qonuniy, oqilona va samarali foydalanish, axborot xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalariga aloҳida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakuni bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Qonunlarning joylardagi ijrosini ta’minlash, aҳoli ҳuquq va manfaatlarini ҳimoya qilish ҳamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida ҳal etish borasida deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Bunday o‘rganishlar qonun ҳujjatlarining amaldagi ijrosini ta’minlash, aҳoli bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni manzilli ҳal etishda muҳim aҳamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 2