Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar “Chinor” metro bekatidagi vaqtinchalik transport harakatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot va Sergeli tumani deputatlari “Chinor” bekatida boʻldi
янв.21
Kengash deputatlari "Darakchi.uz" muxbirlari bilan muloqotda
янв.21
Deputatlar “Turon” bekatida
янв.21
"Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ–790, 17.08.2022)
янв.21
💍 Yangihayotda yosh kelin-kuyovlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati, Adolat SDP aʻzosi Annaqulov Kamol Xasanovich oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirdi.
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi bosh mutaxassisi deputat Dilshoda Xursandova va “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi” aʼzosi, deputat Ismoil Xudaykulov bilan birgalikda "Yoʻldosh" mahallasi yettiligi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
янв.21
#Qonun_ijrosi #Deputatlik_nazorati 🏛 Saylovchilar murojaati doimiy e’tiborda.
янв.21
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun 📋Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

O‘zbekiston Respublikasining "Kreativ iqtisodiyot to‘g‘risida"gi Qonuni

Mazkur Qonun 2024-yil 30-sentabr kuni Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, shu kuni Senat tomonidan ma’qullangan.

Qonunning asosiy maqsadi — mamlakatimizda kreativ iqtisodiyot sohasini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalarni rag‘batlantirish hamda intellektual salohiyatni iqtisodiy o‘sishning muhim omiliga aylantirishdan iborat.

Qonun bilan:
♾ kreativ iqtisodiyotning huquqiy asoslari belgilandi;
♾ kreativ industriya subyektlarini qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari mustahkamlandi;
♾ ijodkorlar va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi;
♾ innovatsion loyihalarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asoslari takomillashtirildi.

Mazkur Qonun kreativ sohalarni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, milliy madaniyat va san’atni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.