Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
Хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyat mudiri, deputat X. Dadabayev “Tashabbus” okrugida
янв.21
Deputatlar “Chorbogʻ” mahallasida aholi murojaatlari va chiqindilarni tashish muammosini oʻrgandi
янв.21
Deputatlar “Chinor” metro bekatidagi vaqtinchalik transport harakatini ko‘zdan kechirdi
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot va Sergeli tumani deputatlari “Chinor” bekatida boʻldi
янв.21
Kengash deputatlari "Darakchi.uz" muxbirlari bilan muloqotda
янв.21
Deputatlar “Turon” bekatida
янв.21
"Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida"gi Qonun (OʻRQ–790, 17.08.2022)
янв.21
💍 Yangihayotda yosh kelin-kuyovlar oilaviy hayotga tayyorlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi 13-Al-Fargʻoniy okrugi deputati, Adolat SDP aʻzosi Annaqulov Kamol Xasanovich oʻz saylangan okrugi hududida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yoʻnalishi asosida hududiy oʻrganishlarni amalga oshirdi.
Deputat so‘rovi natijasi: M.Eshtemirov mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etilmoqda

Deputat so‘rovi natijasi: M.Eshtemirov mahallasidagi elektr ta’minoti muammosi hal etilmoqda

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati A.Avliyokulov tomonidan hududlardagi aholi muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kengash deputatining “M.Eshtemirov” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida o‘tkazgan sayyor uchrashuvlari davomida aholi tomonidan elektr ta’minoti tizimini yaxshilash, xususan, eskirgan simyog‘ochlarni almashtirish bo‘yicha murojaat kelib tushgan edi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat A.Avliyokulov tomonidan mutasaddi tashkilotlarga zimmisidagi vazifalar ko‘rsatilgan holda qat’iy deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada murojaat ijobiy yechim topdi: hududga yangi beton ustunlar o‘rnatildi, traverslar quyildi va hozirda elektr simlarini tortish ishlari yakunlanish arafasida turibdi.

Aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan bu kabi amaliy ishlar tuman Kengashi deputatlari tomonidan doimiy nazoratga olingan

Slide 1 of 4