Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
# Aholi murojaatlari deputat nazoratida
янв.21
# deputatlik_nazorati #fuqaro bilan yuzma yuz
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
4-“Tashabbus” okrugi deputati X.Tillayev faoliyati
янв.21
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
янв.21
#Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Prezident topshiriqlari ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

 Xususan, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Hakimov Yusuf Muhammadievich tomonidan tumandagi
mahallalarda nuroniylar va yoshlar ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.
 

Tadbirlar davomida davlatimiz rahbari tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish borasida berilgan aniq topshiriqlar mazmuni atroflicha tushuntirildi. 

Shuningdek, uchrashuvlarda hududlarni kompleks rivojlantirish, mahallalarda obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirlarda nuroniylar va yoshlar o‘z fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar. Deputat tomonidan bildirilgan savollarga batafsil javoblar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik faolligini
oshirish muhim ekani ta’kidlandi.
 

Mazkur targ‘ibot tadbirlari Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish, aholi xabardorligini oshirish hamda islohotlar jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 5