Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari N.Sharipova hamda I.Musayevalar shahardagi “Jingovuz” mahallasida yashovchi kambag‘al oilalarga biriktirilgan viloyat va shahar tashkilotlarining ushbu oilalarga shu kungacha oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini o‘rgandilar. Shu hududda istiqomat qilayotgan nochor oilalarga homiylik ko‘magi ko‘rsatildi va fuqarolar bildirilgan muammolar joyning o‘zida hal qilindi, shuningdek, mutasaddi tashkilotlarga
deputatlik so‘rovlari chiqarilib, nazoratga olinadigan bo‘ldi.