Yangibozor tumanidagi “Pahlavon Mahmud” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va ko‘p millatli xalqimizga yo‘llagan
Murojaatnomasi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati I.Ortiqov, tuman hokimi o‘rinbosari A.Kaimov, viloyat ishchi guruhi a’zolari, tumandagi mas’ul tashkilot vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida Prezidentimiz Murojaatnomasida ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ta’lim, madaniyat, ma’naviyat, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Tadbir ishtirokchilari Murojaatnomada bayon etilgan g‘oya va tashabbuslar xalqimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, ularni amaliyotga tatbiq etish borasida faol bo‘lish zarurligini qayd etdilar.