#jarayon
Kuz qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o'rganilmoqda
📍Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashining 5-Farovon saylov okrugi deputati Sadikov G'ulom Xusanovich tomonidan "Kim Pen Xva" MFY hududidagi 19-maktabgacha ta'lim muassasasi va 59-umumta'lim maktablarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o'rganildi.
🖋Tekshiruv jarayonida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati hamda maktablarning isitish tizimlari, qozonxonalar sxemasi, tom qismi, elektr va suv ta’minoti hamda umumiy foydalanishdagi joylar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborildi.
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi!