Mazkur maktablarda Biologiya, Ximiya va Fizika fanlari xonalaridagi laboratoriya jihozlari holati tekshirildi. Oʻquv jarayonida fan laboratoriyalari oʻquvchilar bilimini chuqurlashtirish va amaliy koʻnikmalarini oshirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi alohida taʼkidlandi.
Oʼrganish yakunida barcha taklif va tavsiyalar taʼlim muassasalari maʼmuriyatiga yetkazilib, belgilangan ishlar amalga oshirilishi yuzasidan masʼullarga koʼrsatmalar berildi.