Inspeksiya tomonidan 2025-yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni toʻgʻri boshqarish, yashil hududlarni kengaytirish va suv resurslaridan oqilona foydalanish yoʻnalishlaridagi natijalar muhokama qilindi.
Monitoring jarayonida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal etishda jamoatchilik nazoratining ahamiyati, shuningdek, partiya va inspeksiya hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar bildirdilar.