Vobkent tumani 8-son bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” gʻoyasi asosida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi deputatlik guruhi rahbari, Oliy Majlis Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili A.Huseynova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Naimova, “Milliy tiklanish”demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi T.Yoqubov, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi tuman Kengashi raisi B.Vafoyevlar ishtirokida targʻibot tadbiri hamda tasviriy sanʼat asarlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Tadbirda ishtirokchilar maktabning iqtidorli oʻquvchilarining ijod namunalaridan bahramand boʻlishdi.